Muvaffaqiyat

Biznes, jamiyat va global hamkorlikka ta’sir ko’rsatayotgan o’zbek ayol yetakchilari, tadbirkorlari va mutaxassislarining ilhomlantiruvchi hikoyalari.

Unknown
Healthcare & Medicine
Nargiza Ahadova
Direktor
MyVet.uz Veterenary Clinic
Uzbekistan

Men 2022-yil 1-oktabrda ochilgan Toshkentdagi MyVet.uz veterinariya klinikasi asoschisi va direktoriman. Veterinariya biznesini yaratishdan oldin ko‘p yillar davomida jurnalistika va media sohasida faoliyat yuritganman: O‘zbekistonning mashhur Darakchi gazetalaridan biriga rahbarlik qilganman, O‘zbekiston Madaniyat Forumi jamg‘armasi bilan hamkorlik qilganman hamda Toshkent Haqiqati viloyat gazetasi mas’ul kotibi lavozimida ishlaganman.

Bugungi kunda men O‘zbekistonda zamonaviy veterinariya xizmatlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanaman, professional tibbiy yordamni hayvonlarga nisbatan mehribon va mas’uliyatli munosabat bilan uyg‘unlashtiraman. Klinika boshqaruvi bilan bir qatorda uning kommunikatsiyasi va ijtimoiy tarmoqlarini ham shaxsan yuritaman.

Ko‘p yillardan beri boshpanasiz va qutqarilgan hayvonlarga yordam berish, ularni davolash va yangi oilalarga joylashtirish bilan bog‘liq volontyorlik faoliyati bilan faol shug‘ullanib kelaman. Ijtimoiy tarmoqlar orqali boshpanasiz hayvonlarning murakkab hayoti haqida muntazam ravishda xabardorlikni oshiraman hamda mehr-shafqat va mas’uliyatli munosabat g‘oyalarini targ‘ib qilaman. Shuningdek, Mehr va Oqibat xayriya tashkiloti bilan hamkorlik qilib, hayvonlarga yordam berish va jamiyatda insonparvarlik qadriyatlarini rivojlantirishga qaratilgan volontyorlik hamda ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etaman.

IMAGE 2026-05-22 18:15:58
Media & Entertainment
Feruza Chinibekova
Asoschi
"Multi Kids" & "Sarpo Sandiq"
USA

Feruza Chinibekova — entrepreneur, travel & UGC content creator hamda “Safin Events” asoschisi. U 1990-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan bo‘lib, hozirda Philadelphia’da oilasi bilan istiqomat qiladi. Uch farzand onasi sifatida Feruza oilaviy qadriyatlar, biznes va ijodni birlashtira olgan zamonaviy ayollardan biridir.

U “Safin Events” orqali dekor va catering xizmatlarini taqdim etib, insonlarning eng muhim kunlarini chiroyli va unutilmas tarzda tashkil etishga yordam beradi. Shuningdek, Uzbekistan’da “Multi Kids” va Samarqanddagi “Sarpo Sandiq” loyihalari asoschilaridan biri hisoblanadi.

Maqsadi — hamjamiyatga foyda keltirish, bayram va tadbirlarni yuqori did bilan tashkil etish hamda ayollarga ilhom ulashish.

IMAGE 2026-05-22 18:10:20
Education
Gulnoza Valibabayeva
Student
Community College
USA

Valibabayeva Gulnoza Mirzakarimovna 17-iyun 1988 yil Angren shahrida tavallud topgan. “Chirchiq davlat pedagogika instituti” Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomi sohibasi.

Bir necha yillar davomida Angren shahridagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida samarali rahbarlik faoliyatini olib borgan.

Shuningdek, bir necha ilmiy va ma’rifiy maqolalar muallifi hamda “Ta’lim fidokori” esdalik  nishoni sovrindori hisoblanadi.

Hozirgi kunda Community College of Philadelphia kollejida tahsil olib kelmoqda hamda faol va tashabbuskor o‘zbek ayollari jamoasining faol a’zolaridan biri hisoblanadi.

Screenshot 2026-05-22 at 5.59.19 PM
Media & Entertainment
Sarvinoz Kholikulova
Direktor
Uz Bloom
USA

Sarvinoz Kholikulova 1990 yil 23- aprelda Toshkent viloyati Angren shaxrida tavallud topganman, O’rta maktabni bitirib Angren shaxridagi Politexnikum kollegini bitirgan, Hozirda AQSh Filadephia shahrida yashaydi. “Milliy vatandosh ayollar” jamiyati asoschilaridan. 

Shuning bilan birga “Uz_bloom” brendi ostida kichik biznes yuritadi.

IMAGE 2026-05-22 17:44:03
Education
Zarina Muradova
Direktor
Polyglot Language School
Uzbekistan

Zarina Rustamovna Murodova, 1981-yilda tug'ilgan, SamDU tarix fakultetini tamomlagan. U turizm kollejida direktor bo'lib ishlagan va hozirda o'zining HR Global Partners kompaniyasini, shuningdek, Polyglot til maktabida bosh operatsion direktor lavozimini boshqaradi. Men startaplarni boshqaraman, bo'sh ish o'rinlarini aniqlash va xodimlarni yollashda yordam beraman.

Screenshot 2026-05-21 at 12.31.34 PM
Education
Intizor Safarova
Asoschi
Milliy
USA

Intizor Safarova 1999-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U Samarqand Davlat Universiteti qoshidagi akademik litsey hamda Samarqand Sardorlar maktabi bitiruvchisi.

Hozirda Community College of Philadelphia ning hamshiralik (Nursing) yo‘nalishida tahsil olmoqda. Shuningdek, ushbu kollejning Umumiy Tibbiyot Fanlari yo‘nalishini Associate Degree bilan muvaffaqiyatli tamomlagan.

Bundan tashqari, New Yorkda ACE Institute of Technology da Certified Medical Assistant yo‘nalishida tahsil olib, kursni muvaffaqiyatli yakunlagan va bir necha klinikalarda ishlab amaliy tajriba orttirgan.

Intizor Safarova “Milliy” vatandosh ayollar jamiyati asoschilaridan biri bo‘lib, O‘rta Osiyolik ayol-qizlarga collegelarga hujjat topshirish, kasb va yo‘nalish tanlash hamda o‘qish jarayonida yordam berib kelmoqda. Uning asosiy maqsadi Amerika Qo’shma Shtatlariga immigrant bo‘lib kelgan o‘rta osiyo ayollarining ta’lim olishi, o‘z ustida ishlashi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishdir.

IMAGE 2026-05-21 11:29:00
Education
Yulduz Artikova
O‘zbek tili bo‘yicha ikki tilli maslahatchi-yordamchi (BCA)
School District of Philadelphia
USA

Yulduz Ortiqova 1998-yilda Oʻzbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetining ingliz filologiyasi fakultetini tamomlagan va bu uning fan va taʼlim sohasidagi kelajakdagi yoʻlini belgilab bergan.

Oʻzbekistonda u muvaffaqiyatli akademik faoliyatini qurdi va 10 yil davomida Oʻzbekiston Milliy Universitetida (OʻMU) ingliz tili boʻyicha katta oʻqituvchi boʻlib ishladi, xususan, mexanika va matematika kafedrasida. Kuchli tashkilotchilik qobiliyati tufayli u Tabiiy fanlar boʻyicha xorijiy tillar kafedrasi mudiri boʻldi. 2014-yildan 2016-yilgacha u Abdulla Avloniy nomidagi Milliy pedagogika mukammalligi institutida ham faol ishladi va butun mamlakat boʻylab maktab direktorlari uchun malaka oshirish kurslarini oʻtkazdi.

Yulduz Ortiqova til oʻrganish boʻyicha bir nechta darsliklar va koʻplab metodik ishlanmalar muallifi boʻlib, elektron oʻquv qoʻllanmalarini ishlab chiqqan birinchilardan biri edi. Akademik faoliyati davomida u 20 dan ortiq maqolalar, jumladan, xalqaro ilmiy jurnallarda chop etgan.

Screenshot 2026-05-21 at 11.43.01 AM
Technology & IT
Anora Samadova
Kaliforniyadagi jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha koordinator
UBWA
USA

1994-yil 9-sentabr. Samarqand, O'zbekiston. Samarqand davlat universitetini rus filologiyasi va til o'qituvchisi mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. Shuningdek, men rus tilshunosligi bo'yicha magistr darajasiga egaman.

IMAGE 2026-05-21 10:49:56
Government
Sevara Nabiyeva
Vashington shahri, Merilend va Virjiniya shtatlaridagi jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha koordinator
UBWA
USA

1979-yilda O'zbekistonning Toshkent shahrida tug'ilgan. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tamomlagan:

o Xalqaro moliya va bank ishi bo'yicha magistr
o Axborot texnologiyalari menejmenti bo'yicha bakalavr
Magistraturani tugatgandan so'ng, turmushga chiqdim va AQShga ko'chib o'tdim. 2001-yildan beri AQShda yashayman:

o Avvaliga mehmonxona restoranida styuardessa kassir bo'lib ishladim, buning uchun amerikalik ingliz tilida muloqot qilish ko'nikmasini rivojlantirdim.
o Keyin bir nechta banklarda kassir lavozimidan filial menejeri yordamchisigacha ishladim.
o Uchinchi farzandimni dunyoga keltirganimdan so'ng, karyeramni IT sohasiga o'tkazishga qaror qildim. 2011-yildan beri xususiy sektorda, shuningdek, IBM, AQSh G'aznachilik departamenti, AQSh Transport departamenti, Jahon banki, AQSh Fuqarolik Immigratsiya Xizmatlari va Ichki xavfsizlik departamenti kabi federal agentliklarda maslahatchi va IT loyihalari menejeri sifatida ishlayapman.

Raqs mening ishtiyoqim bo'lgani uchun, men 2019-yildan beri o'zbek an'anaviy raqsini o'rgatib kelmoqdaman va ko'plab madaniy tadbirlarni o'tkazish uchun O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi bilan hamkorlik qilib kelmoqdaman.
2023-yilda oʻzbek madaniyatimizga qoyil qolganim sababli, men Virjiniya shtatida Amerikada tugʻilgan oʻzbek avlodiga oʻz merosini oʻrganish va saqlab qolishga qaratilgan oʻzbek madaniyat markazini tashkil qildim.

Kasbiy yoʻldan tashqari:

o Men AQShdagi koʻplab jamoalarda ishtirok etib, farzandlarini tarbiyalash bilan birga masofadan turib ishlashga ham eʼtibor qarata oladigan ayollarimizga IT imkoniyatlarini targʻib qildim.

o Nikoh muammolari bilan bevosita menga murojaat qiladigan ayollarga nikoh boʻyicha maslahat berish.

o Nogiron bolalari bor koʻplab onalarga oʻzlariga ishonch hosil qilish, bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ularga berilgan neʼmatlarni qabul qilishda yordam berish.

o Yosh avlodga AQSh va Kanadada boʻlajak turmush oʻrtoqlarini topishda yordam berish.

Men 2 qiz va bir oʻgʻilning onasi, shuningdek, 1 nabiraning buvisi ekanligimdan faxrlanaman.

IMAGE 2026-05-19 15:35:05
Handicrafts & Artisans
Marjona Yodgorova
Asoschi
Zar Collection
USA

Marjona Yodgorova — AQSHdagi “Zar Collection” zardo‘zlik va milliy hunarmandchilik brendining asoschisi. U 1993-yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotga ega bo‘lib, hunarmandchilik faoliyati bilan oilaviy tarzda 2014-yildan buyon shug‘ullanib keladi.

2022-yilda Green Card dasturi orqali AQSHga ko‘chib o‘tgan va o‘zining “Zar Collection NYC” faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. U AQSHda o‘zbek milliy zardo‘zlik san’ati va hunarmandchiligini targ‘ib qilayotgan ilk ijodkor ayollardan biri sifatida faoliyat yuritmoqda.

Marjona Yodgorova AQSHda o‘tkaziladigan Navro‘z bayramlari, Mustaqillik kuni tadbirlari, forum va madaniy festivallarda o‘zining eksklyuziv kolleksiyalari hamda ko‘rgazmalari bilan muntazam qatnashib kelmoqda.

Bugungi kunda “Zar Collection” faoliyati nafaqat AQSHda, balki Samarqanddagi filialida ham muvaffaqiyatli davom etmoqda. U milliy meros va an’anaviy san’atni zamonaviy uslub bilan uyg‘unlashtirib, o‘zbek hunarmandchiligi nufuzini xalqaro miqyosda namoyish etmoqda.

Screenshot 2026-05-18 at 2.16.00 PM
Education
Oysanam Imomkulova
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha koordinator
UBWA
USA

Oysanam Imomkulova 1989-yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan. U Samarqand davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetida tahsil olib, bakalavr va magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan. Ilmiy faoliyati davomida bir qator ilmiy maqola va tezislari xalqaro miqyosdagi nufuzli xorijiy jurnallarda chop etilgan.

Hozirda AQShning Pennsylvania shtatidagi Philadelphia shahrida istiqomat qiladi hamda Bucks County Community College talabasi sifatida taʼlim faoliyatini davom ettirmoqda.

Shuningdek, u “Milliy Vatandosh Ayollar” jamiyati asoschisi boʻlib, ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ularning liderlik salohiyatini rivojlantirish va jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan koʻplab tadbirlar, seminarlar hamda uchrashuvlarni tashkil etib kelmoqda. Uning faoliyati turli sohalardagi muvaffaqiyatli va lider ayollarni birlashtirish, tajriba almashish va yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda.

IMAGE 2026-05-10 15:19:51
Education
Dilnoza Narzikulova
Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor
Navoi State University
Uzbekistan

D. Narziqulova 1984-yilda Samarqand viloyatining Samarqand shahrida ziyolilar oilasida tug'ilgan. Millati o'zbek va oliy ma'lumotga ega.

U o'zining professional faoliyatini 2008-yilda Navoiy davlat universitetining Pedagogika kafedrasida o'qituvchi sifatida boshlagan. 2016-yilda kafedraning katta o'qituvchisi bo'lgan. 2023-yilda Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri etib tayinlangan. 2024-yilda Navoiy davlat universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori lavozimida ishlagan. 2025-yildan hozirgi kungacha Navoiy davlat universitetining xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.

IMAGE 2026-05-04 18:06:25 2
Education
Dilfuza Gafforova
Direktor
Bibixonim Ustoz
Uzbekistan

15.03.2015 – h.v. "Bibixonim Ustoz" NTM - Direktor 01.02.2005 – h.v. “Tadbirkor ayollar Xalqaro Ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi” Samarqand viloyat bo`limi rahbar o`rinbosari

Ta’lim

2006 – 2011 Moskva gumanitar akademiyasi
Fakultet: Huquqshunoslik
Mutaxassislik: Huquqshunos

MONARH AESTHETIC

“Skincare Business, Multi-Billion Business Seminar”
Sertifikat

2019 OSCE Project Co ordinator in Uzbekistan and Business Women Association “An introduction to entreprenurship” Sertifikat

2020 USAID AMERIKA XALQIDAN VA DIHI DEMOKRATIYA VA INSON XUQUQLARI INSTITUTI

“Nodavlat notijorat tashkiotlar va davlat organlarining jamoatchilik nazorati spxasidagi xamkorligi: xuquqiy aspektlar va amaliy mexanizmlar” - Sertifikat

2020 – 2025 Akademik Bobojon G`ofurov nomidagi Xo`jand davlat iqtisodiyot universiteti
Fakultet: Iqtisod
Mutaxassislik: Iqtisodchi

2021 “Tadbirkor ayol” O`zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi
“Tekstil va turiz sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar ishlab chiqarish va xizmatlari eksport salohiyatini shakllantirish”

2021 “Tadbirkor ayol” O`zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi
“Eng yaxshi xizmat ko`rsatuvchi” - Sertifikat

2021 “ASSAHIH EVENT”

“Nima uchun mahsulotingizni sotib olishim kerak?” - Sertifikat

2021 “USAID” FROM THE AMERICAN PEOPLE, MITC, “SHARQA AYOLI” INTERNATIONAL WOMEN PUBLIC FUND
“Projekt “Women and the Digital Economy”, “Ayol va Raqamli Iqtisodiyot” loyihasi - Sertifikat

2022 “GERMAN COOPERATION DEUTCHE ZUSAMMENARBEIT”, “GERMAN SPARKASSENSTIFTUNG” FOR INTERNATIONAL COOPERATION”, “Tadbirkor ayol” O`zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi
“Farmers Business Game training of trainers” - Sertifikat

2024 “USAID” FROM THE AMERICAN PEOPLE, “Tadbirkor ayol” O`zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi
“Женщины в гостиничном бизнесе: Гостеприимстов из будущего” - Sertifikat

2024 “GERMAN COOPERATION DEUTCHE ZUSAMMENARBEIT”, “GERMAN SPARKASSENSTIFTUNG” FOR INTERNATIONAL COOPERATION”, “Tadbirkor ayol” O`zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi

IMAGE 2026-05-04 17:39:24 2
Media & Entertainment
Dilorom Mamedova
Rassom
Dilorom Mamedova
Uzbekistan

Dilorom Mamedova
1974-yil 28-yanvarda tug'ilgan, Toshkent

1992-yil Respublika san'at maktab-internatini tamomlagan, Toshkent

1997-yil Yakkaxon ko'rgazma, Ilhom teatri, Toshkent

1998-yil Bekzod nomidagi Toshkent san'at va dizayn institutining molbert bo'yash bo'limini tamomlagan. O'qituvchilar: R. Ahmedov, N. Qo'ziboev, B. Babaev, A. Mirzaev

2003-yil O'zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi Rassomlar ijodiy uyushmasi a'zosi.

2003-yil "Quyoshli shahar" yakkaxon ko'rgazmasi. O'zbekiston Davlat san'at muzeyi, Toshkent

2005-yil "Eski shahar" yakkaxon ko'rgazmasi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko'rgazma zali

2006-yil "Sayohatlar" yakkaxon ko'rgazmasi. I. Xiroyami nomidagi Xalqaro Qur'on saroyi madaniyati, Toshkent

2009-yil "O'zbekiston yeri va xalqi" yakkaxon ko'rgazmasi. Milliy san'at markazi, Toshkent

2012-yil "Kaleydoskop" yakkaxon ko'rgazmasi. Tasviriy san'at galereyasi, Toshkent
2013 Yakkaxon ko'rgazma "Ko'p rangli palitra". O'zbekiston Davlat san'at muzeyi, Toshkent

2014 Yakkaxon ko'rgazma "Bir nafasda". O'zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko'rgazma zali

Yakkaxon ko'rgazma "Mening O'zbekistonim". Nanjing, Xitoy

2016 Yakkaxon ko'rgazma "O'zbekiston qiyofasi". I. Savitskiy nomidagi Davlat san'at muzeyi, Nukus

2017 Yakkaxon ko'rgazma "Sevgi alangasi". Zamonaviy san'at markazi, Toshkent
Yakkaxon ko'rgazma "Ikki rassom - ikki qarash". Chelyabinsk, Rossiya
O'zbekiston Respublikasining Shuhrat medali bilan taqdirlangan

2018 Yakkaxon ko'rgazma "Eski shaharga sayohat". Yekaterinburg, Rossiya
Yakkaxon ko'rgazma "Mening quyoshli o'lkam". Atirau, Qozog'iston
2018, Yekaterinburg, Rossiya, "Ikki rassom, ikki qarash" yakkaxon ko'rgazmasi.
2018 Fotosuratlar uyida "Sevgi alangasi" yakkaxon ko'rgazmasi
2018 Yakkaxon ko'rgazma "Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti"
2018 Markaziy ko'rgazma zalida "Vernissaj" ko'rgazmasida ishtirok etish.
2018-yilgi Avtograf galereyasi, Xalqaro xotin-qizlar kuni ko'rgazmasida ishtirok etish.

2018-yilgi K. Bekzod muzeyida "Eski shahar" nomli yakkaxon ko'rgazma

2018-yilgi Rassomlar va mahorat darslari haftaligi ko'rgazmasida ishtirok etish.

2018-yilgi "Mehribonlik" bolalar uylari bolalari uchun yakkaxon ko'rgazma va mahorat darsi, "Siz yolg'iz emassiz" Respublika bolalar jamoat fondi
2018-yilgi Qirg'iziston, Issiqko'l plyonkali ko'rgazmasi va mahorat darsi.

2018-yilgi Navro'z kuni ko'rgazmasida ishtirok etish.

2018-yilgi Avtograf san'at galereyasida "San'atdagi hayot" nomli yakkaxon ko'rgazma.

2018-yilgi Qozog'istonning Olmaota shahridagi yakkaxon ko'rgazma, "Quyoshli shahar".

2018-yilgi Chirchiq tumani, Quyi, Dostobod shahridagi yakkaxon ko'rgazma. To'rtinchi musiqa va san'at maktabi va magistratura darajasi.

IMAGE 2026-05-04 17:12:36 2
Fashion & Design
Rano Khamraeva
Asoschi
Ra'no Collection
Uzbekistan

20 yillik tajribaga ega professional fashion dizayner Ra’no Khamraeva O‘zbekiston moda sanoatida o‘ziga xos uslubi, milliy an’analarni zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtira olishi hamda ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyati bilan tanilgan.

U 2012-yilda tashkil etilgan “Ra’no Collection” moda atel’esi hamda 2016-yilda asos solingan “Ra’no Collection Fashion Academy” asoschisi hisoblanadi. Mazkur akademiya orqali bugungi kunga qadar 5000 dan ortiq ayollar tikuvchilik va dizaynerlik yo‘nalishlarida ta’lim olib, shundan 4000 dan ortig‘i o‘z brendini yaratib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga erishgan.

Ra’no Khamraeva nafaqat dizayner, balki kuchli mentor sifatida ham tanilib, ayollar bandligini oshirish, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash yo‘lida katta hissa qo‘shib kelmoqda.

TA’LIM

2005-yil — P.P. Benkov nomidagi Respublika Rassomlik kolleji

    “Teatr tarixiy liboslari” yo‘nalishi

2009-yil — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

    “Libos dizayni” yo‘nalishi (bakalavr)

KASBIY FAOLIYAT

2008-yil — O‘zbek kino Milliy agentligida “Liboslar bo‘yicha rassom” sifatida faoliyat olib borib, 20 dan ortiq badiiy filmlarda ishlagan

Milliy va zamonaviy libos dizayni yo‘nalishida ko‘p yillik tajriba

Milliy madaniyatni moda orqali targ‘ib etuvchi yetakchi dizaynerlardan biri

XALQARO VA MILLIY FAOLIYAT

2007-yil — Style.Uz xalqaro moda haftaligida “Underground” yo‘nalishida ishtirok

2007–2010-yillar — “Prezident tashabbuslari” doirasidagi hunarmandchilik tanlovlarida g‘oliblik (tuman va shahar bosqichlari)

2011-yil — “Asrlar sadosi” festivali ishtirokchisi (Fond Forum loyihasi)

2017–2019-yillar — “Tashkent Fashion Week” moda haftaligida kolleksiyalar taqdimoti

2017–2019-yillar — Shahrisabzda o‘tkazilgan “Milliy liboslar festivali” bosh tashkilotchisi va ishtirokchisi

2023-yil — “Xon Atlas” festivali ishtirokchisi

XALQARO MODA SAHNASIDAGI ISHTIROKI

2025–2026 — Parij shahrida o‘tkazilgan “Oriental Fashion Show” Haute Couture moda haftaligi ishtirokchisi

2025–2026 — Moskva “Volga Fashion Week”

2025–2026 — Sankt-Peterburg “Podium Seasons”

2026 — Visa Fashion Week ishtirokchisi

XALQARO TA’LIM VA HAMKORLIK

Parij shahrida O‘zbekiston elchixonasida “Osiyo ramzi” dizaynerlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rgazmalarda 3 marotaba ishtirok etgan.

Ushbu loyihalar doirasida:

Fashion Academy o‘quvchilari xalqaro sahnada ishtirok etgan

Parij moda akademiyasida o‘qish imkoniyatlari yaratilgan

O‘quvchilar xalqaro diplomga ega bo‘lishgan

ASOSIY YO‘NALISHLARI

Milliy liboslarni zamonaviy talqinda yaratish

Haute couture kolleksiyalar ishlab chiqish

Ayollarni kasbga o‘qitish va tadbirkorlikka yo‘naltirish

Moda ta’lim tizimini rivojlantirish

SHAXSIY SIFATLARI

Yuqori darajadagi ijodkorlik va did

Kuchli liderlik va mentorlik qobiliyati

Madaniy merosga sadoqat

Mehnatsevarlik va innovatsion yondashuv

IMAGE 2026-04-27 12:35:18 2
Healthcare & Medicine
Dilnoza Sobirova
Asoschi
Noza Dental Clinic
USA

Меня зовут Дильноза Собирова, я стоматолог-терапевт и основательница клиники Noza Dental Clinic. Я живу в Америке с 17 лет. В 2015 году я получила степень бакалавра химии в Университете Темпл, затем поступила в стоматологическую школу Корнберга и четыре года изучала стоматологию. После окончания с отличием я прошла годичную ординатуру в больнице NYU Langone в Бруклине. С 2020 года я лечу пациентов разных национальностей. Я говорю на таджикском, узбекском, русском и английском языках. Если вам нужна пломбировка, лечение корневых каналов, удаление зуба, установка имплантата, коронки или протеза, пожалуйста, свяжитесь со мной, я буду рада помочь.

Screenshot
Fashion & Design
Nargisa Jabbarova
Direktor
Nargis Fashion Academy
Uzbekistan

Умумий меҳнат стажи 30 йил. Жаббарова Наргиса Бахтиёровна маҳаллий ва замонавий мода соҳасида узоқ йиллар фаолият юритиб, миллий либос ва замонавий коллекцияларни яратишда ўзининг истеъдоди ва меҳнати билан танилган.

Кўп йиллик ижодий фаолияти давомида у миллий либос ва замонавий коллекцияларни турли фестиваль ва мода намойишларида намоён қилиб, миллий кийим-кечак маданияти ва миллий анъаналарни кенг аудиторияга тарғиб этди.

Жаббарова Наргиса нафақат маҳоратли дизайнер, балки тажрибали дизайнер сифатида Франция Париж шахрида орентил фейшн шов показларда катнашган
Тоджикистон фейш век мода намойишларида катнашган.
Арабистон парламенти томонидан либос коллексиялари “Haute couture” га киргизилган.
устоз сифатида ҳам кўплаб ёш истеъдодли дизайнерни турли кўрик-танловларда катнаштириб фахрли ўринларни эгаллаб, миллий либос ва замонавий мода ривожига муносиб ҳисса қўшиб келмоқда.

Унинг ишга садоқати, меҳнатсеварлиги, янги истеъдодларга ишонч билан ёндашиши ва маданий меросни асраб- авайлашдаги интилиши уни нафақат мутахассис, балки эътироф этилган ва ҳурматга сазовор шахс сифатида намоён этади.

Жамоат ишларидаги фаоллиги, меҳнатсеварлиги ва хушмуомалалиги туфайли ижодкорлар орасида обрў-эътиборга эга.

Мукофотлари ва эътирофлари (йилма-йил):
• 2015 йил — Урганч шаҳар Хотин-қизлар қўмитаси ва касаба уюшмалари ҳамкорлигида ўтказилган «Мўъжиза яратар аёл қўллари» кўрик-танловида фаол иштироки учун Фахрий ёрлиқ.
• 2016 йил — «Мўъжиза яратар аёл қўллари» кўрик-танлови шаҳар босқичида 1-ўрин учун I даражали Диплом.
• 2017 йил — «Мўъжиза яратар аёл қўллари» кўрик-танлови вилоят босқичида иштирок этгани учун I даражали Диплом.
• 2017 йил — «Nafosat-2017» танловида фаол иштироки учун Фахрий ёрлиқ.
• 2021 йил — Ўзбекистон «Миллий тикланиш» демократик партияси Хоразм вилоят Кенгаши томонидан 8 март — Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан Ташаккурнома.
• 2025 йил — Франция, Париж шаҳрида ўтказилган Oriental Fashion Show халқаро мода намойишида иштирок этгани учун Сертификат.
• 2025 йил — Душанбе шаҳрида ўтказилган Tajikistan Fashion Week халқаро лойиҳасининг 14-мавсуми иштирокчиси, Диплом.
• 2025 йил — Хоразм вилояти ҳокимлиги томонидан «Xon Atlas» фестивалида фаол иштироки ва миллий либосларни тарғиб этгани учун Ташаккурнома.
• 2025 йил — Fashion Academy, Rano Collection томонидан «Ra’no Collection» асосчиси сифатида Диплом.
• 2025 йил — Хоразм вилояти ҳокимлиги томонидан «Йил Аёли» миллий танловининг вилоят босқичидаги фаол иштироки учун Ташаккурнома.

IMAGE 2026-04-23 14:07:33 2
Handicrafts & Artisans
Makhfuza Salimova
Direktor
Malika Sulton
Uzbekistan

Mahfuza Salimova 1956-yilda O'zbekistonning tarixiy Buxoro shahrida tug'ilgan. U nasl-nasabi ushbu qadimiy san'atga chuqur ildiz otgan mohir zargar. Uning orzusi Buxoro oltin kashtachilik san'atini dunyoga tanitishdir. "Qadimgi Buxoroga tashrif buyuruvchilar mahalliy hunarmandlar tomonidan tayyorlangan oltin kashtachilik buyumlarini sovg'a sifatida sotib olishadi", deb ta'kidlaydi u. "Oltin kashtachilik liboslari sportchilarning yelkalarini bezab, Respublikamizga uning chegaralaridan tashqarida shon-sharaf olib keladi."

Mahfuza o'z merosini qabul qilib, uni zamonaviy talablarga moslashtirib, tez o'zgarib borayotgan dunyoda an'anaviy hunarmandchilikning bardoshliligi va hayotiyligini o'zida mujassam etgan. Uning hayotiy faoliyati madaniy o'ziga xoslikning ajralmas qiymatini va insonning hunarmandchiligidan kelib chiqadigan qoniqishni ta'kidlaydi. Mahfuza Salimovaning hayoti va hunarmandchiligini kuzatuvchi ijtimoiy antropolog sifatida uning hikoyasi nafaqat an'anaviy san'atni saqlab qolish, balki madaniy o'ziga xoslik, oilaviy merosi va shaxsiy qoniqishning o'zaro ta'siri haqida ham ekanligi ayon bo'ladi. Uning fidoyiligi oʻzbek oltin kashtachiligining oltin iplari avlodlar davomida toʻqilib, ham oʻz jamoasini, ham Markaziy Osiyoning kengroq madaniy tuzilishini boyitishda davom etishini taʼminlaydi.

IMAGE 2026-04-25 14:18:50 2
Handicrafts & Artisans
Gulchekhra Khamitova
Direktor
"Gulzara"
Uzbekistan

Мен Ҳамитова Гулчехра Ахмеджановна — ҳунарманд, зардуз ва тадбиркорман. 27 йилдан буён ушбу соҳада фаолият олиб бораман.

Фаолиятим давомида кўплаб шогирдларга ҳунар ўргатиб, уларнинг мустақил йўл топишига ҳисса қўшганман. Ҳозирги кунда эса уй музейи ташкил қилганман, у ерда миллий ҳунармандчилик намуналари ва меҳнатим самаралари жамланган.

Айни пайтда Gulzara бренди билан ҳам фаолият олиб бораман. Ушбу гуруҳга қўшилганимдан жуда мамнунман, барчангиз билан тажриба алмашиш ва яқиндан танишишдан хурсанд бўламан.

IMAGE 2026-04-23 14:20:40
Beauty & Wellness
Gulbakhor Khamedova
Kosmetolog
Carmen Clinic
USA

Hamedova Gulbahor 1975-yil 6-mayda O'zbekiston Respublikasining Buxoro shahrida tug'ilgan. U tibbiyot, kosmetologiya va xorijda malaka oshirish sohalarida ko'p yillik tajribaga ega yuqori malakali mutaxassis.

Ma'lumoti:
1997-yilda Tibbiyot institutini tamomlab, tibbiyot sohasida ixtisoslashgan ta'lim oldi.

2002-yilda Texnologiya institutida o'qishni tugatib, tegishli sohada malaka oldi.

2005-yilda Moliya institutida o'qishni tugatib, iqtisodiyot va moliya sohasida dunyoqarashini kengaytirdi va qo'shimcha bilimlarga ega bo'ldi.
Kasbiy faoliyati:
1999-yildan 2005-yilgacha Buxoro shahri (O'zbekiston Respublikasi) sog'liqni saqlash tizimida bosh mutaxassis bo'lib, shahar sog'liqni saqlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish masalalari bilan shug'ullangan.

2005-yildan 2010-yilgacha u kosmetologiya sohasidagi faoliyatini davom ettirib, kosmetolog bo'lib ishladi va estetik tibbiyot sohasida o'z mahoratini faol rivojlantirdi.
2014-yildan 2017-yilgacha u O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida ishlagan, u yerda savdo va sanoat masalalarida faol ishtirok etgan, aloqalarni yaxshilagan va professional kompetensiyalarni rivojlantirgan.

2017-yildan 2024-yilgacha u O'zbekiston Respublikasidagi "Karmen" klinikasida kosmetolog bo'lib ishlagan va u yerda estetik tibbiyot sohasida rivojlanishda davom etgan, bemorlarga ilg'or davolash va terini parvarish qilish usullarini taklif qilgan.

Qo'shimcha malakalar:
2014-yildan beri u Ispaniyada professional rivojlanishdan o'tgan, u yerda kosmetologiya sohasidagi zamonaviy global tendentsiyalar va usullar bilan tanishgan.
2016-yilda u Isroilda professional rivojlanishdan o'tib, in'ektsiya muolajalari va yoshartirish sohasidagi bilimlarini kengaytirgan. 2020-yilda u Sankt-Peterburgda malaka oshirish kursini tugatib, in'ektsiya yo'li bilan yoshartirish texnikasi bo'yicha mutaxassis bo'lgan va botulinum terapiyasining ilg'or usullarini o'zlashtirgan.

Gulbahor katta tajribaga ega, o'zini takomillashtirishga doimiy intilishga va professional mahoratini oshirishga intiladigan mutaxassis. Uning ko'p tarmoqli ta'limi va turli sohalardagi ish tajribasi unga turli vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish va bilimlarini amalda samarali qo'llash imkonini beradi.

IMAGE 2026-05-22 18:28:42
Education
Tamilla Mavlyanova
Bo'lim boshlig'i
SamPI
Uzbekistan

Filologiya fanlari doktori Tamilla Baxrilloevna Mavlyanova Samarqand davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri.

U Sankt-Peterburg davlat universitetining Ta'lim dasturlari kengashi a'zosi va Rossiya tarjimonlar ittifoqi a'zosi.

Tamilla Baxrilloevnaning professional faoliyati o'qitish, tadqiqot va xalqaro hamkorlikni o'z ichiga oladi. U 40 dan ortiq ilmiy maqolalar, jumladan, klassik fors adabiyoti bo'yicha maqolalar muallifidir. U muntazam ravishda xalqaro konferensiyalar va forumlarda ishtirok etadi hamda gumanitar fanlarni rivojlantirish va xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ta'lim va madaniy loyihalar ustida ishlaydi.

Tamilla B. Mavlyanovaning "Boshqa dunyo tasvirlari: Abadiyat she'riyatida G'arb va Sharq" monografiyasi keng e'tirofga sazovor bo'ldi. "Rus tili va adabiyotini o'qitish metodikasi" darsligi 1000 dan ortiq nusxada nashr etilgan va o'zbek va rus tadqiqotchilari orasida talabga ega. Shuningdek, "Rus tilini chet tili sifatida o'qitish metodikasi" darsligi ham ishlab chiqilgan.

Tamilla Baxrilloyevna uzoq yillik mehnati va kasbga sodiqligi uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiya vaziri K. Sharipov tomonidan Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

U rahbarlik qiladigan Samarqand davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti kafedrasi 2024–2025 o'quv yilida eng faol deb topildi.

2025-yilda xalqaro aloqalarni rivojlantirib, Tamilla Baxrilloyevna Mavlyanova MDH Parlamentlararo Assambleyasida O'zbekiston Respublikasi vakili sifatida MDH mamlakatlari tarjimonlari assotsiatsiyasini tashkil etish to'g'risidagi bitimni imzoladi.

Tamilla Baxrilloyevna Mavlyanova hurmatli olima va filolog, tajribali rahbar va xalqaro ilmiy va ta'lim hamjamiyatining faol ishtirokchisi. Uning professional faoliyati fundamental tadqiqotlar, muvaffaqiyatli o'qitish amaliyoti va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni birlashtiradi. Mavlyanova T.B.ning ilmiy ishlari, oʻquv qoʻllanmalari va tugallangan loyihalari rus va fors filologiyasi, oʻqitish metodikasi va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga katta hissa qoʻshadi, shu bilan birga uning ishi Oʻzbekistonning xalqaro hamkorlar bilan ilmiy va taʼlim aloqalarini mustahkamlashga hissa qoʻshadi.

IMAGE 2026-04-23 11:31:19 2
Handicrafts & Artisans
Sadokat Mirzaeva
Direktor
Art House Sadosh
Uzbekistan

Шухрат Медали билан такдирланган. Умумий меҳнат стажи 23 йил. Ҳунармандчилик соҳасида 2013 йилдан буён ишлаб келмоқда. Миллий қўғирчоқ ишлаб чиқаришда ўзига хос йўналиш яратган. Интилувчан. 2013 йилда Фарғона Давлат Унверситетининг Касбий таълим агрономия йўналишини тамомлаб тумандаги 20-сонли умумтаълим мактабида Технология фани ўқитувчиси лавозимида ишлаб туриб касаначилик асосида хонадонида миллий қўғирчоқ ишлаб чиқариш хунари билан шуғулланди. Шу билан бирга ўқтувчилик қилаётган мактабида ўқувчиларга дарсдан ташқари тўгараклар ташкил этиб миллий қўғирчоқлар ясаш хунарини ўргатди. Фаоляти кенгайиб боргач 2016 йили “Ҳунарманд” уюшмасига аъзо бўлиб “Уста-шогирд” мактаби ташкил этиб ёшларга миллий қўғирчоқ ясаш хунарини ўргатиб келмоқда. 2016 йилдан буён махсулотлари мактабгача таълим ташкилотларига, туристик объектларга, супермаркетларга ва қўшни давлатлар Қозогистон, Тожикистон, Қирғизистонга хамда Хиндистон, Япония, Германия, Туркия давлатларига онлайн интернет платформалар орқали етказиб берилмоқда. Онлайн савдо платформаси орқали сотади. 2021 йилда иш фаолятини янада кенгайтириш мақсадида Фарғона туман хокимлиги томонидан “Шохимардонобод” МФЙ да «ART HOUSE SADOSH» МЧЖ нодавлат ўқув муассаса ташкил қилди.
Шунингдек Садоқат Мирзаева 2022 йилдан Бошлаб Олий Мажлис Сенати қошида ташкил қилинган Лидер тадбиркор аёллар клуби аъзоси. 2022 йилда тадбиркорлар куни муносабати билан "Фаол тадбиркор" кўкрак нишони билан тақдирланган. 2023 йили Марказий Осиё ҳунарманд аёлларнинг рақамли каталогига киритилган. Худди шу йили Ўзбекистон Республикаси ҳалқ амалий санъати усталарининг миллий каталогига киритилди 2022-2025 йиллар давомида 500 нафар ишсиз хотин-қизларни миллий қўғирчоқ ясаш, тикувчилик, тўқувчилик, кашдўзлик ва миллий либослар устаси хунарларига ўқитиб уларни мустақил иш бошлаб ўзларини бандлигини таъминлашга эришди. Унинг «ART HOUSE SADOSH» МЧЖ да экологик юмшоқ ўйинчоқлар, аёллар учун миллий ва замонавий турдаги экологик сумкалар хамда ўзбек миллий матолари атлас, адрас ва аъло бахмал матоларидан миллий либослар ва ҳунармандчилик буюмлари шунинг трикотаж кийимлар ишлаб чиқаради. Хозирги вақтда корхонада 40 яқин хотин қизлар ишчи ходим ва 70 таси касаначилик асосида ишлаб келмоқда. Улардан 13 нафари имконияти чекланган шахслар тоифасига киради.

IMAGE 2026-04-21 15:15:07 2
Education
Rafoat Asliddinova
Asoschi
Amina Kindergarten
Uzbekistan

Rafoat Asliddinova tajribali tadbirkor va malakali logoped-defektolog. U maktabgacha ta'lim sohasida 10 yillik tajribaga ega. U @amina_kindergarten_sam va @mamino_schastye_sam asoschisi. U butun faoliyati davomida bolalar rivojlanishida yuqori natijalarga erishgan.

IMAGE 2026-04-21 15:15:29 2
Handicrafts & Artisans
Tursunoy Tashpulatova
Master
Hunarmand
Uzbekistan

Tursunoy Kamiljanovna Toshpo'latova, 1964-yilda tug'ilgan, o'rta maxsus ma'lumotga ega (savdo va sanoat texnikumi) va umumiy ish tajribasi 38 yil.

U o'z faoliyatini 1988-yilda tikuvchilik sohasida boshlagan. Yuqori mas'uliyat hissi va professional mahorati tufayli u nafaqat muntazam buyurtmalarni bajargan, balki milliy rassomlar uchun sahna liboslarini ham yaratgan.

2010-yildan beri u milliy hunarmandchilikning e'tibordan chetda qolgan sohalaridan biri - kurak san'atiga alohida e'tibor qaratib, milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishni o'zining vazifasi qilib belgilab olgan. 2021-yilgi karantin davrida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgandan so'ng, u ushbu sohani faol rivojlantirish va qayta tiklashga qat'iy qaror qildi.

2023-yildan beri u Hunarmand uyushmasining a'zosi. Bugungi kunga qadar u 200 dan ortiq talabalarni tayyorladi, ular nafaqat O'zbekistonda, balki Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkiyada ham muvaffaqiyatli ishlamoqda.
Tuman hokimligi bilan hamkorlikda "Yangi hayot" ijtimoiy yordamga muhtoj 20 dan ortiq ayollarni o'qitdi, ularga imtiyozli tikuv mashinalari va zarur jihozlar berdi, bu esa ularga doimiy ish topishga yordam berdi.

U hozirda nogiron qizlarga kurakni o'rgatadi, ularga jamiyatda o'z o'rnini topishga, daromad manbai topishga va kelajagini ishonchli qurishga yordam beradi.

IMAGE 2026-04-18 16:46:00
Fashion & Design
Sabina Nazar
Dizayner va asoschi
Sabina Nazar Couture
Uzbekistan

Sabina Nazar Sabina Nazar Couture brendining dizayneri va asoschisidir.

O'n yildan ortiq vaqt davomida u O'zbekiston madaniyatidan ilhomlanib, matolar va o'ziga xos kolleksiyalar yaratib kelmoqda.

Brend an'anaviy o'zbek naqshlari va choponlarini qayta talqin qilib, ularni zamonaviy, eksklyuziv milliy yuqori moda kiyimlariga aylantiradi.

Har bir buyum noyob bo'lishni va o'z milliy madaniyati bilan aloqani saqlab qolishni istagan ayollar uchun yaratilgan.

IMAGE 2026-04-23 13:13:23 2
Government
Gulhayo Ravshanova
Direktor
"Ziyokor" Women and Youth Center
Uzbekistan

"Kelajak bunyodkori" medali sohibasi,
"Tashabbuskor islohotchi" ko'krak nishoni sohibasi.
"lslohotlar bilimdoni" Respublika tanlovi 1-o'rin g'olibi,
"Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun ko'krak-nishoni sohibasi, "Vatanning sadoqatli farzandi - fidoiy inson" ko'krak nishoni sohibasi, "Yil talabasi-2020" Respublika g'olibi,
"Yilning eng yosh olimi-2021" ko'krak nishoni sohibasi.
Viloyat "Qizlarjon" klubi bosh koordinatori.

Screenshot 2026-03-29 at 11.54.26 AM
Education
Gulbonu Kuvatova
Бош мутахассис
Social Center "Inson"
Uzbekistan

2012-2015 йй. - Конимех Иқтисодиёт ва хизмат кўрсатиш коллежи ўқувчиси.

2015-2016 йй. - Конимех Агросервис касб-ҳунар коллежи бошланғич ташкилот етакчиси.

2016-2017 йй. - “Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати Конимех туман Кенгаши қошидагиЁш тадбиркор” консултатив маркази координатори.

2017-2018 йй. - Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Конимех туман Кенгаши Ижтимоий химоя бандликка кўмаклашиш ва тадбиркорликни ривожлантириш бўйича бош мутахассис.

2018-2019 йй. - Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Конимех туман Кенгаши Ёшларни ижтимоий ҳимоялаш ва матбуот билан ишлаш бўйича бош мутахассиси.

2019 -2023 йй. - Ўзбекистон Миллий университети “Ижтимоий фанлар” факультети амалий психология йўналиши талабаси. (бакалавр).

2023-2025 йй - Ўзбекистон Миллий университети “Ижтимоий фанлар” факультети амалий психология  йўналиши талабаси. (магистр).

2021 й. - ҳ.в.   Навоий вилояти “Lider ёшлар ва аёллар маркази нодавлат нотижорат ташкилоти раҳбари.

2024 й. - ҳ.в.  - Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги Навоий вилояти Конимех туманидаги “Инсон” ижтимоий хизматлар маркази Психологлар гурухи бош мутахассиси.

Screenshot 2026-03-29 at 12.56.06 PM
Education
Mastura Bahrom
Direktor
Chartwells Higher Education
USA

Mening ismim Mastura Bahrom, men Nyu-York shahrida yashayman va men dunyoning bizning qismimizdagi ayol liderlar hamjamiyatini faxr bilan ifodalayman.

Men litsenziyaga ega Real Broker NY, Chartwells Higher Education kompaniyasining operatsiyalar bo'yicha direktori va immigrant ayollarni bepul ingliz tili darslari, ta'lim dasturlari, uy-joy va integratsiya yordami orqali qo'llab-quvvatlaydigan notijorat tashkilot Mehrovarning asoschisi va bosh direktoriman.

Mening ishim mening dunyoqarashimni aks ettiruvchi uchta sohani birlashtiradi:

odamlarga xizmat ko'rsatish, professional o'sish va ayollarni qo'llab-quvvatlash.

Rieltor sifatida men oilalar va yolg'iz ayollarga AQSh ko'chmas mulk bozoriga ishonch bilan kirishga yordam beraman.

Operatsiyalar bo'yicha direktor sifatida men ta'lim sohasidagi sifat, jarayonlar va yetakchilikka e'tibor qarataman.

Mehrovar asoschisi sifatida men har bir ayol o'zini yolg'iz emasdek his qiladigan makon yarataman.

Men bilim, intizom va boshqalarga g'amxo'rlik hayotni o'zgartirishi mumkinligiga chin dildan ishonaman. Men O'zbek Biznes Ayollari Assosiatsiyasining bir qismi bo'lganimdan va xalqaro hamjamiyatimiz rivojiga hissa qo'shganimdan xursandman.

IMAGE 2026-03-13 13:17:02
Fashion & Design
Zuhra Khodjaniyazova
Direktor
Salay Zuhra Karakul
Uzbekistan

Zuhra Xodjaniyazova 30 yildan ortiq professional tajribaga ega uchinchi avlod moda dizayneri, xalqaro dizayner va mo'ynachi. U oilaviy an'analarni davom ettiradi va 1935-yildan beri haqiqiy qorako'l mo'ynasidan eksklyuziv buyumlar yaratib kelayotgan Salay Zuhra Karakul brendining rivojlanishida muhim rol o'ynaydi.

Oilaviy merosini davom ettirib, Zuhra Xodjaniyazova ko'p asrlik qorako'l bilan ishlash an'analarini zamonaviy dizayn va moda yondashuvi bilan uyg'unlashtirishga muvaffaq bo'ldi. Uning professional yo'li milliy merosga chuqur hurmat, yuksak mahorat va o'zbek qorako'lini xalqaro sahnada namoyish etish istagiga asoslangan.

Zuhra Xodjaniyazova haqiqiy qorako'l mo'ynasidan tayyorlangan ko'plab eksklyuziv buyumlar yaratuvchisidir. Uning ishlari bir necha bor xalqaro ko'rgazmalar va moda ko'rgazmalarida namoyish etilgan va u yerda yuqori moda mutaxassislari va ixlosmandlarining e'tirofiga sazovor bo'lgan.

Brendning Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportdagi Duty Free zonasiga kirishini ta'minlash muhim yutuq bo'ldi, bu o'zbek qorako'li mo'ynasini xalqaro miqyosda targ'ib qilishda muhim qadam bo'ldi.

Muhim yutuq - bu brendning o'zbek qorako'li mo'ynasini xalqaro miqyosda targ'ib qilishda muhim qadam bo'ldi. Zuhra Xodjaniyozova dizayn ishlaridan tashqari, xalqaro forumlar va professional tadbirlarda ma'ruzachi sifatida faol ishtirok etib, mo'ynali kiyimlar modasi, dizayn va an'anaviy hunarmandchilikni rivojlantirish bo'yicha tajribasi va bilimlari bilan o'rtoqlashadi.

Zuhra Xodjaniyozova o'zining tajribasi, professionalligi va fidoyiligi orqali an'analar, hunarmandchilik va zamonaviy estetikani uyg'unlashtirgan holda qorako'l san'atini rivojlantirish va ommalashtirishda davom etmoqda.

IMG_7692
Media & Entertainment
Mavlyuda Elboeva
OAV koordinatori
UBWA
USA

O'zbekiston, Rossiya va Qo'shma Shtatlarda to'ylar, konsertlar, korporativ va davlat tadbirlarini tashkil qilishda 21 yillik tajribaga ega tajribali rahbar va biznes rahbari. Strategik rejalashtirish va loyihalarni boshqarish, shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassis.

Ma'lumoti

1996–2005: Sobir Rahimov nomidagi Samarqand shahridagi 36-sonli o'rta maktab.

Samarqand tibbiyot kolleji, hamshiralik ishi fakulteti.

2005–2008: Samarqand qishloq xo'jaligi institutining iqtisodiyot va menejment fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan.

2009–2013: Professional jurnalistika kurslarini imtiyozli diplom bilan tugatgan (O'zbekiston, Rossiya).

Ish tajribasi

2018–hozirgi kungacha: Tumaris tashkilotining asoschisi va direktori.

2018–2023: Rossiya Federatsiyasida keng ko'lamli to'ylar, konsertlar va korporativ tadbirlarni tashkil etgan va o'tkazgan.

2024-yildan beri u Qo'shma Shtatlarda va xalqaro auditoriya uchun to'ylar va bayram tadbirlarini o'tkazib kelmoqda va tashkil qilmoqda.

Screenshot 2026-02-24 at 4.02.36 PM
Textile
Nargiza Bekmuratova
Direktor
Artatex
Uzbekistan

Nargiza Bekmuratova,1983-yilda Xorazmda tug'ilgan, "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan va 2025-yilgi "Yil ayoli" mukofotida ikkinchi o'rinni egallagan.

Screenshot 2026-03-16 at 7.21.10 PM
Education
Nasiba Hodjakulova
Prezident
UBWA
USA

Nasiba Hodjakulova — O‘zbek Tadbirkor Ayollar Assotsiatsiyasi (UBWA) Prezidenti va Ayollar huquqlari va himoyasi bo'yicha koordinator, xalqaro biznes hamjamiyatida hurmatga sazovor yetakchi. U ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, milliy madaniyatni targ‘ib qilish hamda barqaror iqtisodiy o‘sish uchun global hamkorliklarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.

IMG_8238
Education
Gulnoza Azizova
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha koordinator
UBWA
USA

Azizova Gulnoza Gʻanijanovna - 1984-yil 14-avgustda Samarqand shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. 1991–2001-yillarda Samarqand shahridagi 9-son umumta’lim maktabida tahsil olgan.

U 2001-yilda Samarqand davlat chet tillar institutining maktabgacha ta’lim (ingliz tili bilan) yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilinib, bakalavr darajasini muvaffaqiyatli tamomlagan.

2007–2009-yillarda Jizzax davlat pedagogika institutida “Pedagogika” yo‘nalishida magistratura bosqichida tahsil olib, shu bilan birga Sartepo turizm kollejida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan.

2009-yildan boshlab Samarqand davlat tibbiyot institutida o‘qituvchi sifatida ishlagan. Keyinchalik ilmiy faoliyatini davom ettirib, Samarqand davlat chet tillar institutida stajyor-tadqiqotchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida faoliyat olib borgan.

2015–2018-yillarda Toshkent viloyati hamda Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarida pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti yo‘nalishida o‘qituvchi lavozimida ishlagan.

2019–2020-yillarda Samarqand davlat chet tillar institutida iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Hozirgi kunda Samarqand davlat chet tillar institutining pedagogika va psixologiya kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Azizova Gulnoza Gʻanijanovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.

Oilali, uch nafar farzandning onasi.

Privacy Policy

Uzbek Business Women’s Association 

1. Information We Collect

When you register as a member, we may collect:

  • First and Last Name

  • Email Address

  • Phone Number

  • Country

  • Profile Information you choose to provide

We collect this information to manage membership, communicate with members, and provide services related to our organization.

2. How We Use Your Information

We use your information to:

  • Create and manage your member account

  • Communicate with you about events, programs, and updates

  • Provide access to member-only content

  • Improve our website and services

We do not sell or rent your personal information to third parties.

3. Email Communications

By registering, you agree to receive emails related to membership, events, and organizational updates.
You may unsubscribe at any time using the unsubscribe link in our emails.

4. Cookies

Our website may use cookies to:

  • Improve user experience

  • Maintain login sessions

  • Analyze website traffic

You may disable cookies in your browser settings.

5. Data Protection

We implement reasonable security measures to protect your personal information.
However, no method of internet transmission is 100% secure.

6. Future Membership Payments

At this time, registration is free.
If paid membership options are introduced in the future, payment processing will be handled through secure third-party providers, and this Privacy Policy will be updated accordingly.

7. Your Rights

You may request to:

  • Access your data

  • Correct your data

  • Delete your account

Contact us at:
info@uzbusinesswomen.com

8. Contact Information

Uzbek Business Women’s Association (UBWA)
New York, United States

For privacy-related questions:
info@uzbusinesswomen.com